Loyiha
Loyiha nomi: Oʻzbekistonda mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish
Loyiha logotipi:
Qisqartmasi: MechaUz
Loyiha maqsadi: Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo’nalishini milliy ustuvorliklarga asoslangan va oliy ta’limda ta'lim-malaka-innovatsiya sikli asosida innovatsion g'oyalar va raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirish
Loyihadan kutilayotgan natijalar:
- O‘zbekistonning 5 ta oliy ta'lim muassasasida Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ECTS asoslangan dastur joriy qilinadi;
- 12 ta yangi bakalavr kurslari yaratiladi;
- Mexatronika sohasi kadrlari uchun malaka oshirish kurslari shakllantiriladi;
- 6 ta yangi mexatronika laboratoriyasi shakllantiriladi
- 5800 nafar talabalarga yangi o‘quv dasturlar va yaratilgan laboratoriyalar asosida ta'lim beriladi;
- 31 nafar professor-o'qituvchi va ilmiy xodimlar xorijda malaka oshiradi;
- Mexatronika sohasi bo'yicha universitet-sanoat hamkorligi metodologiyasi yaratiladi;
- Andijon mashinasozlik instituti qoshida Mexatronika jamiyati va oʻquv markazi shakllantiriladi;
- Onlayn ta'lim va hamkorlik uchun 1 ta veb-platforma yaratiladi.
Loyiha koordinatori: Xalqaro Gretsiya Universiteti (Saloniki, Gretsiya)
Yevropalik hamkorlar:
- Janubiy-Sharqiy Yevropa Tadqiqot Markazi (Saloniki, Gretsiya)
- Vilnyus Gediminas Texnika Universiteti (Vilnyus, Litva)
- Liepaya Universiteti (Liepaya, Latviya)
- Vidzeme Amaliy Fanlar Universiteti (Valmiera, Latviya)
- Viana-do-Kastelo Politexnika Instituti (Viana-do-Kastelo, Portugaliya)
O'zbekistonlik hamkorlar:
- Andijon mashinasozlik instituti (Andijon, O'zbekiston)
- Toshkentdagi Turin politexnika universiteti (Toshkent, O'zbekiston)
- Farg'ona Politexnika Instituti (Farg'ona, O'zbekiston)
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Toshkent, O'zbekiston)
- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (Qarshi, O'zbekiston)
- Toshkent Davlat Texnika Universiteti (Toshkent, O'zbekiston)
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkent, O'zbekiston)
Loyihani qo'llab quvvatlovchi hamkorlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Toshkent, O'zbekiston)
- «UzAuto MOTORS PowerTrain» aksiyadorlik jamiyati (Toshkent, O'zbekiston)
Loyiha davri: 15.11.2019 – 14.10.2023, 48 oy
Muloqot tili: Ingliz tili
Loyiha yo'nalishi: O'quv dasturlar ishlab chiqish
Loyiha turi: Milliy loyiha
Byudjet: 798 695 yevro
Loyiha raqami: 609564-EPP-1-2019-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP