Faoliyatlar
1-bosqich. Tayyorgarlik va o'quv dasturlarini tahlil qilish
Tavsif: Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida mexatronika dasturinin oʻqitish tizimi va sharoitlarini tahlil qilish va taqqoslash. Mexatronika sohasida Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etish va hamkor OTMlar oʻrtasida masʼuliyatni taqsimlash boʻyicha umumiy rejani muhokama qilish va tasdiqlash. Tadqiqot shuningdek, Yevropa Ittifoqi hamkor universitetlarida beriladigan kurslarni o'z ichiga oladi. Ushbu bosqich loyiha doirasidagi turli hamkor institutlarning ma'lumotlari asosida tuziladi. Barcha kerakli ma'lumotlar va materiallar boshlang'ich uchrashuvdan oldin barcha hamkorlar uchun mavjud bo'ladi.
Vazifalar:
1.1. Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston OTMlarida o‘qitish tizimi va usullarini tahlil qilish va taqqoslash. Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etish boʻyicha umumiy rejani muhokama qilish, tasdiqlash va konsorsium aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash.
Kutilayotgan natijalar: uchrashuv, hisobot
1.2. Mexatronika sohasida standartlar, o'quv dasturlari va o'quv materiallarini joriy etish bo'yicha Yevropa Ittifoqi hamkorlarining tajribasini o'rganish. Yaxshi amaliyot namunalari ro'yxatini tuzish.
Kutilayotgan natijalar: Hisobot
1.3. Mexatronika sohasida tajriba almashish barqaror rivojlanish akademik tarmog'ini yaratish. Birinchi uchrashuvga tayyorgarlik.
Kutilayotgan natijalar: Xizmat/mahsulot
Yetakchi tashkilot: IHU TTPU bilan hamkorlikda
Davomiyligi: M4 - M11
Ishtirokchi tashkilotlar: VGTU, LIEPU, ViA, IPVC, AndMI, TUIT, FPI, KEEI, TSTU