Yangiliklar

Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha yo'riqnoma
Biz Erasmus+ loyihalari doirasida sotib olingan asbob-uskunalarni bojxona rasmiylashtiruvi tartibi bo‘yicha yangilangan yo‘riqnomani (2020-yil, may) nashr etishdan mamnunmiz.
2019-yil oktabr oyi oxirida Milliy muvofiqlashtiruvchi bo‘linmaning (NCU-UzburoKES) yopilishi boshlandi va shu sababli bojxona rasmiylashtiruvining yangi tartibini aniqlash zarurati yuzaga keldi.
Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Erasmus+ Milliy byurosi mas’ul xodimlarining uzoq muddatli hamkorlikdagi yakuniy natijasi taqdim etilgan.
Yuklab olish: Sotib olingan asbob-uskunalarni bojxona rasmiylashtiruvi tartibi bo'yicha yo'riqnoma