Yangiliklar

To'rtinchi onlayn uchrashuv
Joriy yilning 22 sentabr kuni “MechaUZ: O‘zbekistonda bakalavriat uchun mexatronika va robototexnikani innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali modernizatsiya qilish” loyihasining to‘rtinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Oliy ta’lim vazirligi va unga qarashli muassasalar vakillari ham ishtirok etib, loyiha bilan bog‘liq ikkita asosiy masala, ya’ni “Hamkorlikning yangi sxemalarini ishlab chiqish” va “Bakalavriat dasturlarini ishlab chiqish” bo‘yicha vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Onlayn uchrashuvda loyihaning xorijiy hamkorlari hamda mamlakatimizdan Andijon mashinasozlik instituti vakili yuqoridagi masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlari bilan ishtirok etdi.