Yangiliklar

Beshinchi onlayn uchrashuv
2020-yilning 25-noyabr kuni “MechaUz: O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida mexanika va robototexnika bo‘yicha bakalavriat ta’limini modernizatsiya qilish” Erasmus+ loyihasining beshinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilari tomonidan quyidagi masalalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
- ECTS asosida “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat dasturini rivojlantirish strategiyasi (prof: Bucinskas Vytautas, Litva);
- O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirish masalalari (Prof: Patrics Movers)
- ILabs & Training Center uchun uskunalar sotib olish masalalari
- Loyihani tashqi baholash metodologiyasi taqdimoti (prof: Spiros Chioteris, Gretsiya)
- Moliyaviy masalalar va hisobot (IHU)
- Har xil masalalar
Onlayn uchrashuvda loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi, yevropalik hamkorlar tomonidan zarur maslahatlar berildi.