Yangiliklar

Loyiha natijalari e'lon qilindi
Xabaringiz bor, 2020 yil 12 iyundagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4947-son qarori bilan “2020/2021 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida” qarori tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq respublika oliy taъlim muassasalarida iqtisodiyot tarmoqlari sohalarining kadrlarga bo'lgan ehtiyojlari asosida Evropa Ittifoqining ERASMUS+ CBHE loyihalari doirasida 2020/2021 o'quv yilidan boshlab quyidagi ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi:
➡️ “CLASS” loyihasi bo'yicha: O'zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand davlat chet tillar institutida “Komp`yuter lingvistikasi” mutaxassisligi”;
➡️ “INTRAS” loyihasi bo'yicha: Andijon mashinasozlik instituti, Termiz davlat universiteti, Jizzax politexnika institutida “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi;
➡️ “MECHAUZ” loyihasi bo'yicha: Andijon mashinasozlik institutida “Mexatronika va robototexnika” magistratura mutaxassisligi;
Farg'ona politexnika institutida “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta'lim yo'nalishi.
➡️ “SPACECO” loyihasi bo'yicha: Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sun'iy yo'ldoshli aloqa tizimlari” mutaxassisligi;
➡️ “DSinGIS” (Tempus “Ge-UZ”) loyihasi bo'yicha: Qoraqalpoq davlat universitetida “Geodeziya va geoinformatika” mutaxassisligi.
Manba: https://t.me/eduuz/2577