Yangiliklar

21-01-2021
1109
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tender o'tkazish bo'yicha o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi
“MechaUz: Innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida O’zbekistonda bakalavr darajasi uchun mextronika va robotexnikani modernizatsiya qilish” loyihasining O’zbekistonlik hamkorlari uchun 2021 yilning 20 yanvar sanasida “Laboratoriya jihozlarini sotib olish tender tartibi” mavzusida onlayn trening tashkil etildi. Trening Zoom platformasi orqali loyihaning Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi koordinatori U.R.Hamdamov tomonidan tashkil etildi.
Loyiha doirasida innovatsian laboratoriyani tashkil etish va uni zamonaviy o’quv jihozlari bilan ta’minlashda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ayni vaqtgacha salmoqli ishlar amalga oshirildi va ayni vaqtda ushbu jarayon yakuniy bosqichlarga yetdi. Ushbu bosqichlardan o’tish jarayonida universitetning loyiha doirasidagi a’zolari yetarli tajribaga ega bo’ldilar va o’z tajribalarini ushbu trening doirasida baham ko’rdilar.
Treningda tenderni tashkil etish va uni yurutish bo’yicha quyida ko’rsatilgan bosqichlar bo’yicha to’liq ma’lumot berildi, ya’ni:
• Tender to‘g‘risida e’lon berish
• Takliflarni baholash va shartnoma tuzish
• To‘lovlarni amalga oshirish
• Qurilmalarni qabul qilish va hujjatlar
• Qurilmalarni bojxonada rasmiylashtirish
• Bojxona to‘lovlari va hujjatlar
• Bojxona to‘lovlaridan ozod qilish