Yangiliklar

Oltinchi onlayn uchrashuv
2021-yil 25-fevral kuni “MechaUZ: O‘zbekistonda bakalavriat uchun mexatronika va robototexnikani innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali modernizatsiya qilish” loyihasining oltinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu navbatdagi onlayn uchrashuvda loyiha ustida ishlayotgan butun jamoa, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar va erishilgan yutuqlar muhokama qilindi:
- WP ning har bir toifasining necha foizi;
- Bakalavr ishi;
- Karyera amaliyoti;
- Dastur kurslari.
Muhokama qilingan masalalarda belgilangan vazifalar ijrosi, bajarilgan ishlar tahlili va navbatdagi yig‘ilishgacha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuvda Litva Vilnyus Gediminas Texnika Universitetining loyiha vakili tomonidan tayyorlangan “O‘quv dasturi mexatronika va robototexnika” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Yig‘ilish yakunida barcha ishtirokchilar loyiha yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va navbatdagi yig‘ilishgacha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab oldilar.