Yangiliklar

Birinchi onlayn monitoring uchrashuvi
20 avgust kuni O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO) “MechaUz: Innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekistonda bakalavriat uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida birinchi onlayn monitoring uchrashuvini tashkil qildi. Uchrashuv Milliy Erasmus+ Ofisi vakillari va MechaUz loyihasi a’zolari o‘rtasida tashkil etildi va asosiy e’tibor yil boshidan shu kungacha loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qilishga qaratildi.
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra YHXB mutaxassisi Qudratxon Baxadirov yig‘ilishni ochdi. Keyin loyihaning quyidagi hamkorlari vakillari o‘zlarining monitoring hisobotlarini taqdim etdilar:
- Andijon mashinasozlik instituti (P7)
- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (P8)
- Farg‘ona politexnika instituti (P9)
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (P10)
- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (P11)
- Toshkent davlat texnika universiteti (P12)
- O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (P13)
Hamkorlar tomonidan taqdim etilgan ma’ruzalar qizg‘in bahs-munozaralarga, savol-javoblarga boy bo‘ldi. Yig‘ilish so‘ngida YHXB mutaxassisi Qudratxon Baxadirov loyiha ishtirokchilarining hisobotlarini sarhisob qildi va monitoring o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi. TATU tomonidan o‘tkazilgan monitoring hisoboti natijalari ishtirokchilar va NEO vakillari tomonidan ijobiy baholandi.