Qidirish

Yangiliklar

26-03-2022 1003

Tajriba almashinuvi uchrashuvi

2022-yilning 26-mart kuni Toshkent davlat texnika universitetida “MechaUz: Erasmus+” loyihalari doirasida innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekistonda bakalavriat bosqichi uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish xalqaro loyihasining milliy ishtirokchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchtashuvni loyiha koordinatori Javlonbek Rahmatillaev ochib berdi va loyihaning bugungi holati, amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi rejalar va loyiha ta’sischilari tomonidan belgilangan vazifalar yuzasidan xalqaro hamkorlarning fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Shundan so‘ng, Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Farg‘ona politexnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent davlat texnika universiteti kabi oliy o‘quv yurtlari vakillari o‘z ma’ruzalarini taqdim etdilar. Shundan so‘ng ishtirokchilar Oliy ta’lim vazirligi mutaxassislari va “NEO” jamiyati vakillari bilan fikr almashdilar. Uchrashuv juda qiziqarli, munozara va bahslarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar oʻrtasida mexatronika va robototexnika yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini optimallashtirish, keng hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy hamkor taʼlim muassasalariga tajriba almashish uchun delegatsiyalarni yuborish boʻyicha kelishuvlar amalga oshirildi.


Facebook | Youtube | Instagram | Telegram