Yangiliklar

Loyihaning ikkinchi uchrashuvi
Ayni kunlarda Evropa Ittifoqi Erasmus+ CBHE dasturining “MechaUZ - O'zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta'lim yo'nalishini innovatsion g'oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasining 2-offlayn uchrashuvi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo'lib o'tmoqda.
Unda loyihaning 13 ta a'zosi, jumladan Evropaning 6 ta, O'zbekistonning 6 ta oliy ta'lim muassasasi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi vakillari ishtirok etmoqda.
Uchrashuvning birinchi kunida loyiha koordinatori Anastios Ntabizas tomonidan shu kungacha loyiha doirasida bajarilgan ishlar natijasi to'g'risida taqdimot qilinib, istiqboldagi rejalar haqida fikrlar almashildi.
Bundan tashqari, loyihaga asosida ochiladigan “Mexatronika” bakalavr yo'nalishi o'quv rejalarini Evropa hamkor universitetlari tajribasi asosida ishlab chiqish va tasdiqlash masalalari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi vakillari bilan muhokama qilindi.
Loyiha unda ishtirok etayotgan o'qituvchi va murabbiylar malakasini oshirishga qaratilgan bo'lib, bu yo'nalish bo'yicha mas'ul oliy taъlim muassasalari Vil`nyus Gediminas texnika universiteti (VGTU) va Viana do Kastelo politexnika instituti (IPVC) hisoblanadi.
O'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari 29 maydan – 5 iyunga qadar Vilnyus shahrida joylashgan VGTU da o'tkazilishi belgilab olindi. Murabbiylar treningi esa, 18-22 iyul kunlari Portugaliyaning Viana Do Kastello shahrida o'tkazilishi bir ovozdan ma'qullandi.
Kun tartibiga ko'ra, uchrashuv 20 may sanasiga qadar davom etib, loyiha asosida mamlakatimiz universitetlarida tashkil etilgan laboratoriyalar hamda sanoat korxonalariga borish rejalashtirilgan.