Yangiliklar

Birinchi trening va uchinchi loyiha uchrashuvi
2022 yilning 30 may kuni Vilnius Gediminas Technical University (Vilnus Tech)da Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE dasturining “MechaUZ“ Oʻzbekistonda mexatronika va robototexnika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat taʼlimini innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha 3-yigʻilishi boshlandi.
Bu yigʻilish 1 haftadan iborat boʻlib, uning asosiy maqsadi loyiha doirasida loyihaning Yevropa Ittifoqi tomonidan konsorsiumdagi Uzbek oliy taʼlim muassasalariga “Robototexnika va mexatronika” yoʻnalishida training va mashgʻulotlar oʻtkazish va Litvadagi sanoat korxonalar bilan tanishishni oʻz ichiga oladi.