Qidirish

Yangiliklar

18-07-2022 6074

Ikkinchi trening va to'rtinchi loyiha uchrashuvi

Erasmus+ CBHE dasturi doirasida MechaUz “Oʻzbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasining navbatdagi 4-uchrashuvi va 2-treningi Portugaliyaning Viana do Kastelo politexnika institutida 18-23 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
18 iyul kuni loyiha hamkorlari Viana do Kastelo politexnika institutida loyiha faoliyati bilan bog'liq muhim masalalar va jihatlarni muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazdilar.
Uchrashuv kunining dastlabki qismida Vilnyus Gediminas Texnika Universitetidan doktor Vitautas Buchinskas mexatronika va robototexnika bo'yicha yangi bakalavriat dasturini ishlab chiqish jarayonini yakunlovchi ma'lumotni taqdim etdi.

Shuningdek, mexatronika sohasidagi yangi yutuqlarni akkreditatsiya va sertifikatlashtirish jarayoniga katta e'tibor qaratildi. Toshkent Axborot Texnologiyalri Universiteti professori O‘tkir Hamdamov O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari ta’lim yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi bo’yicha batafsil ma’lumot berdi. 
Uchrashuv Viana do Kastelo politexnika institutining xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Ana Paula Valening tabrik nutqi bilan davom etdi. Uning taʼkidlashicha, Yevropa va Oʻzbekiston universitetlarining ushbu loyiha doirasidagi hamkorligi loyiha faoliyati yakunlangan davrda ham davom etishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari Anna Paula Viana do Kastelo politexnika institutida va Portugaliya haqida umumiy ma’lumot berib o’tdi.

Anna Paulo nutqida so‘ng Viana do Kastelo politexnika instituti professori Duarte Alves asosiy masalalarni muhokama qilish, o'qituvchilar va muhandislar uchun treninglar, shuningdek, madaniy tadbirlarni o'z ichiga olgan kun tartibini tanishtirib o’tdi.
Tadbir davomida loyihaning moliyaviy qismi haqida Thomas Thomidis barcha savollarga javob berdi.
Andijon mashinasozlik instituti vakili Javlonbek Rahmatillaev loyihaning hozirgi holati haqida taqdimot qildi. Ta'kidlanishicha, Viana do Kastelodagi trening loyihaning rivojlanishi bilan bog'liq ishlar sur'atini oshirish imkonini beradi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekistondagi har bir OTM tashkil etilgan i-Labs haqida ma’lumot berdi. Shuni qayd etish kerakki, loyiha doirasidagi laboratoriyalarni tashkil etish bo’yicha barcha O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari yaxshi natijalarga erishgan.
Loyiha yig’ilishi va treningi davom etmoqda.


Facebook | Youtube | Instagram | Telegram