Yangiliklar
Andijon mashinasozlik institutiga Yevropa Ittifoqi Offiseri va Erasmus+ dasturining Oʻzbekistondagi Milliy ofisi vakillari tashrif buyurdi.
Mehmonlar Avtomobilsozlik hamda Iqtisodiyot fakultetlari binosida “Andijon polkasi” sadolari ostida kutib olindi.
Mehmonlar Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi tomonidan amalga oshirilgan “Innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar orqali Oʻzbekistonda bakalavriat uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish (MechaUz)”, Biotibbiyot muhandisligi kafedrasining “Oʻzbekistonda tibbiyot muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha yangi magistratura va oʻquv kurslari dasturlari (UzMedEn)” hamda Biotibbiyot muhandisligi boʻyicha innovatsion va fanlararo dasturlar UZda talabalarning ishga joylashishi uchun raqamli oʻsish dasturidan foydalanish (I2-PLEDGE)” loyihalari davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha koordinatorlarning hisobotlarini eshitdilar.
Eslatib oʻtamiz, Erasmus+ Ittifoqining ittifoqqa aʼzo mamlakatlar universitetlari oʻrtasida talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur koʻmagidan Andijon mashinasozlik institutida 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *