Qidirish

Yangiliklar

14-11-2023 594

Loyihaning onlayn ta'lim platformasi yaratildi

Yevropa Ittifoqi Erasmus+ tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ishga tushirilishi belgilangan Mexatronika va robototexnika onlayn ta’lim platformasi o'z faoliyatini boshladi.

"Mexatronika va robototexnika onlayn ta'lim platformasi" ning asosiy maqsadi Mexatronika va robototexnika sohasida innovatsion yechimlar yaratish, soha yutuqlarini keng ommaga yoyish, soha doirasida zaruriy, fundamental bilimlar beruvchi qisqa muddatli masofaviy o‘quv kurslar yaratish va soha doirasida hamkorlikni rivojlantirishdir.

Ushbu ta'lim platformasidan foydalanish barcha uchun bepul bo'lib, foydalanuvchilar doirasiga muhandislar, soha doirasidagi professor-o‘qituvchilar, ilmiy hodimlar, talabalar va sohaga qiziquvchi yoshlar kiradi.

Mexatronika va robototexnika onlayn ta'lim platformasi quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • Onlayn ta'lim uchun qisqa muddatli kurslar;
  • Loyiha doirasida ishtirok etgan OTM lari professor-o'qituvchilaridan ta'lim olish;
  • Amaliyotga asoslangan kurslar;
  • Mutlaqo bepul kurslar.

Barcha kurslar o'zbek tilida tayyorlangan bo'lib, mentorlar tomonida faydalanuvchi bilan doimiy aloqa o'rnatish, bilimlarini nazorat qilish va o'zaro fikr almashish imkoniyatiga ega.

Ushbu onlayn ta'lim platformasi www.e-mechauz.uz manziliga joylashtirilgan.


Facebook | Youtube | Instagram | Telegram


Izoh qoldirish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *

Loading
Your message has been sent. Thank you!

Izohlar