Qidirish

Yangiliklar

20-05-2024 202

Robot.uz-2024 tanlovi

2024-yil, 14–15-may kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, “Robokids” robototexnika oʻquv akademiyasi, INNO Texnopark hamda Yoshlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Robot-uz-2024” robototexnika musobaqasi o‘tkazildi.

Unda jami 560 nafardan ortiq yoshlar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha bellashdilar. Jumladan:

9-15 yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasida:
- Robo-futbol;
- Robo-sumo;
- Robo-mission musobaqalari.

16-25 yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasida:
- Robo-futbol;
- Robo-sumo;
- Robo-labirint
- Intellekt darajasi yuqori bulgan foydali qurilmalar; 
- Foydali ish bajaruvchi robot modeli musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqa ishtirokchilarda o‘zgacha adrenalinga boy, maroqli taassurotlar qoldirdi. Bellashuvlarning g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, faol ishtirok etgan ixtirochi yoshlarning mehnatlari qadrlanib, ular vazirlik hamda Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan munosib taqdirlandilar.


Facebook | Youtube | Instagram | Telegram


Izoh qoldirish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *

Loading
Your message has been sent. Thank you!

Izohlar