Qidirish

Yangiliklar

08-04-2022 716

Erasmus+ MechaUz loyihasining o‘qituvchilar malakasini oshirish o‘quv kursi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida yana bir xayrli ishga qo‘l urildi.
Yevropa Ittifoqi “Erasmus+ CBHE dasturining 609564-EPP-1-201-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP “Innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida O‘zbekistonda bakalavr darajasi uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” loyihasining navbatdagi o‘qituvchilar malakasini oshirish o‘quv kursi hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasi – Portugaliyaning Viana Do Kastelo politexnika institutida o‘tkazilmoqda. Ayni paytda mazkur oliygohda institutimizning “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Suxrobxon Tojiboyev hamda assistant-o‘qituvchi Malika Keldiyarova Erasmus+ MechaUz loyihasining navbatdagi o‘qituvchilar malakasini oshirish o‘quv kursida ishtirok etmoqdalar.

O‘qituvchilar o‘quv kursi davomida seminarlarda ishtirok etdilar hamda "Enerkon" shamol generatorlarini iishlab chiqarish zavodida bo‘lib, ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.


Facebook | Youtube | Instagram | Telegram