Yangiliklar

Xalqaro ROBOT.UZ - 2023 tanlovi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 2023-yil 16-17-may kunlari robototexnika sohasida iqtidorli o'quvchi va talabalar, yosh o'qituvchilar, olim va mutaxassislar uchun «ROBOT.Uz-2023» xalqaro tanlovi bo'lib o'tishi haqida xabar beradi.
Xalqaro tanlov Erasmus+ dasturi doirasidagi MechaUz loyihasi hamkorligida tashkil etilayotgan bo'lib, ko'zlangan maqsad robototexnika sohasidagi iqtidorli yoshlarning ilmiy-texnikaviy ijodini ommalashtirish, muhandislik kasblari nufuzini oshirish, yoshlarning innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar sohalariga qiziqishini rag'batlantirishdan iborat.
Tanlovda maktab o'quvchilari, talabalar, yosh o'qituvchi va olimlar, shuningdek, korxonalarning robotlashtirilgan ishlanmalar yaratish va sohani ommalashtirish bilan shug'ullanayotgan yosh mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqalar 9 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar va 16 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida alohida o'tkaziladi.
1 - Toifa 9-15 yosh bolalar o‘rtasida!
Yo‘nalishlari:
○ Robo SUMO (9-15)
○ Robo Futbol (9-15)
○ Line track (9-15)
2 - Toifa 16-25 yoshlar o‘rtasida:
Yo‘nalishlari:
○ Robo SUMO (16-25)
○ Robo Futbol (16-25)
○ Line track (16-25)
○ Foydali ish bajaruvchi robotlar
○ Robotning Intellekt darajasini namoyish qilish
- Robo Football uchun ro'yxatdan o'tish
- Robo Sumo uchun ro'yxatdan o'tish
- Foydali Robot ro'yxatdan o'tish
- Linetrack uchun ro'yxatdan otish
- Intellektual Robot uchun ro'yxatdan o'tish
Qo'shimcha ma'lumot: www.tdtu.uz, +998712464600