Faoliyatlar
6-bosqich: Axborotlashtirish/Tarqatish
Tavsif: Loyiha koordinatori loyiha hamkorlari bilan birgalikda loyihaning veb-sayti, ishtirok etuvchi OTMlarning veb-saytlari, konferentsiyalar taqdimotlari va boshqa vositalar orqali natijalarni to'g'ri tarqatilishini ta'minlaydi. Boshqaruv qo'mitasi loyiha ishtirokchilari bilan birgalikda tarqatish rejasini tuzadi, boshqaradi va nazorat qiladi. Loyihaning veb-sayti va maxsus aloqa platformasi ishlab chiqilib, ingliz va o'zbek tillarida broshyuralar, bukletlar va hisobotlar nashr etiladi, shuningdek, OAV uchun nashrlar tayyorlanadi. AndMI da o'quv markazining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 2023 yilda "Mexatronikada uzluksiz ta'lim dasturini ishlab chiqish" bo'yicha yakuniy konferentsiya vazirliklar, idoralar, tegishli sohalar, jamoat va davlat idoralari, Evropa Ittifoqi elchixonasi vakillari va mahalliy OAV vakillarini taklif qilish orqali o'tkaziladi.
Vazifalar:
6.1. Mexatronika bo'yicha ishlab chiqilgan va modernizatsiya qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlash.
Kutilayotgan natijalar: Hisobot
6.2. Loyihaning veb-saytini yaratish, barcha hamkorlar o'rtasidagi aloqa va hamkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun loyiha veb-saytini loyihaning butun muddati davomida saqlab turish.
Kutilayotgan natijalar: Xizmat/Mahsulot
6.3. Erishilgan natijalarni vaqti-vaqti bilan loyiha veb-saytida, gazeta, jurnal, broshyura, ilmiy anjuman va jurnallarda chop etish. Loyiha natijalarini mintaqaviy, milliy va xalqaro forumlarda hisobot berish. Tegishli reklama materiallarini ishlab chiqish va chop etish. Loyiha natijalarini tarqatish uchun kitob sifatida chop etish. Ijtimoiy media tizimlaridan to'g'ri va samarali foydalanish.
Kutilayotgan natijalar: Xizmat/Mahsulot
6.4. Uchrashuv, seminarlar va konferensiyalar
Kutilayotgan natijalar: Tadbir
Yetakchi tashkilot: FPI
Davomiyligi: M1 - M48
Ishtirokchi tashkilotlar: Barcha ishtirokchilar