Yangiliklar
MechaUz loyihasining yakuniy uchrashuvi
Joriy yilning 2-6-oktabr kunlari Andijon va Farg‘ona shaharlarida Erasmus+ CBHE MechaUz loyihasining yakuniy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu safar O‘zbekistonning Andijon mashinasozlik instituti va Farg‘ona Politexnika instititlari loyiha tadbirlariga mezbonlik qildi.
Kun tartibiga ko‘ra, tadbirning birinchi kuni Andijon mashinasozlik institutida bo‘lib o‘tdi. Barcha loyiha ishtirokchilariga institutda loyiha doirasida tashkil etilgan innovatsion laboratoriya, trening markazi va loyiha offisi tanishtirildi. Bundan tashqari institutning boshqa ilmiy-o‘quv laboratoriyalariga amaliy tashrif amalga oshirildi.
Loyiha doirasida amalga oshirilgan innovatsion laboratoriya hozirgi kunda bir vaqtning o‘zida 30 dan ortiq talabalarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Institutda tashkil etilga trening markazi esa o‘z faoliyatini ananaviy va onlayn ko‘rinishida boshlagani barcha ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.
Loyihaning ikkinchi kuni, loyihaning natijlariga bag‘ishlangan “Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anguman oʻtkazildi. Oʻtkazilgan anjumanda mamlakatimiz hamda Yevropaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan 50 ga yaqin professor-oʻqituvchilar, va ishlab chiqarish vakillari eshtirok etdi.
Kunning ikkinchi yarmida loyiha ishtirokchilari tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar va natijalar namoyish etildi. Erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar xususida munozaralar oʻtkazib, qator dolzarb vazifalarni muhokama etishdi.
Tadbirning uchunchi kuni loyiha hamkori bo‘lgan UzAutoMotors avtomobil zavodiga amaliy tashrif tashkil etildi.
Loyihaning to‘rtinchi va beshinchi kunlari Fargo‘na politexnika institutida tashkil etilib, institutning ilmiy-amaliy laboratoriyalari, spin-off markazlari va texnoparkiga amaliy tashrif buyurildi.
Izoh qoldirish
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *